XALQ KITOBLARI VA HAZRATI ALI HAQIDAGI XALQ QISSALARI

Bafoyev Farruh Sadriddinovich, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), doktorant, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti

Авторы

  • Bafoyev Farruh Sadriddinovich TerDU

Ключевые слова:

xalq kitoblari, kitobiy dostonlar, hazrati Ali, qissalar, jangnoma, turkumlilik, qo‘lyozma, toshbosma, fondlar.

Аннотация

Maqsad: Mazkur maqolada xalq og‘zaki ijodida vujudga kelgan xalq kitoblari, ularning o‘ziga xos jihatlari, xalq nasridagi boshqa janrlardan farqli jihatlari tahlil etilgan. Mazkur maqsadni amalga oshirishda shu paytga qadar olib borilgan tadqiqotlarga suyanilgan. Xalq kitoblari to‘g‘risidagi nazariy fikrlar hazrati Ali haqidagi qissalar misolida ochib berilgan. Mazkur xalq kitoblarining boshqa qardosh xalqlar ijodida ham mavjud ekanligiga e’tibor qaratilib, o‘xshash va farqli jihatlari haqida so‘z yuritilgan. Metodlar: Tadqiqotni amalga oshirishda qiyosiy-tarixiy, qiyosiy-tipologik metodlardan, shuningdek, tavsiflash, etnofolkloristik tahlil usullaridan unumli foydalanilgan. Natijalar: Xalq kitoblaridan sanalgan hazrati Ali va u zotning avlodlari haqidagi qissalar misolida mazkur janrning o‘ziga xos jihatlari, janriy xususiyatlari aniqlangan, ularning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan omillar tahlil etilib, xulosa qilingan. Hazrati Ali, uning o‘g‘illari, kelini va boshqa shaxslar haqidagi dostonlar birlashib, yaxlit turkumni hosil qilgani va bu folklorshunoslikdagi turkumlilik hodisasiga misol bo‘lishi haqida mulohazalar bildirilgan. Bundan tashqari hazrati Ali haqidagi xalq kitoblarining yurtimizdagi qadimiy manbalar saqlanadigan kutubxona va fondlardagi qo‘lyozma va toshbosma nusxalari, ularning saqlanish holati, o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi asosli ma’lumotlar ham berilgan. Tadqiqot davomida aniqlangan qo‘lyozma va toshbosma nuxsalarni keyingi tadqiqotlar uchun asos bo‘lishi mumkinligi hisobga olinib, inventar raqamlari, manbalar saqlanayotgan fondlar haqidagi qo‘shimcha ma’lumotlar ham taqdim qilingan.  Xulosa: Xalq kitoblarining xalq og‘zaki ijodi va yozma adabiyot oralig‘idagi janr ekanligi aniqlangan. Ularning aksariyati, islom dinining yoyilishida xizmat qilgan shaxslar faoliyati bilan bog‘liq ekanligi, syujetida tarixiy haqiqat va badiiy to‘qima o‘zaro sintezlashgan holda oraliq hodisani yuzaga keltirgani to‘g‘risida xulosaga kelingan.

Библиографические ссылки

Азимова Л. (2022). Ўзбек мумтоз адабиётида ислом тарихига оид воқеаларнинг бадиий ифодаси /(XVII-XIX асрлар). Филология фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)...дисс. – Тошкент.

Hz. Ali cenkleri. (2017). Hazırlayan: N.Ahmet Özalp. -İstanbul.

Ҳазрати Али ҳақидаги қиссалар / Нашр. Тайёрловчи ва сўзбоши муаллифи: С.Рафиддинов. (1992). – Т.:Ёзувчи.

Жуманиёзов Р. (1993). Ҳалқ ижоди – ҳақ ижоди. – Тошкент: Ўзбекистон.

Рўзимбоев С. Рўзметов Ҳ. (2007).Фольклор атамалари қисқача луғати. –Урганч, –Б.41

Турдимов Ш. (2023). Ўзбек мифологияси ва фольклори. –Тошкент: ILM VA FAN.

Пайғамбар қизлари Фотима розияллоҳу анҳо. (2022) . –Тошкент: Муҳаррир.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. (2021). Ҳадис ва ҳаёт. 22-жуз. Усмон ва Али ибн Абу Толиб розияллоҳу анҳумо. – Т.: “Hilol-Nashr”.

Загрузки

Опубликован

2025-03-01