OʻZBEK OILALARIDA EMOTSIONAL ALIENATSIYANING PSIXOSOTSIAL REPREZENTATSIYALARI

Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi ISFT instituti mustaqil izlanuvchisi, psixol.f.b.f.d (PhD)

Авторы

  • Yangiboyeva Dildoraxon Rahmon qizi

Аннотация

Oila shaxsning emotsional rivojlanishi, psixologik farovonligi va ijtimoiy identifikatsiyasini ta’minlovchi muhim ijtimoiy institut hisoblanadi. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyalar, urbanizatsiya, mehnat migratsiyasi, raqamli kommunikatsiya vositalarining keng tarqalishi hamda oilaviy qadriyatlar tizimidagi o‘zgarishlar emotsional alienatsiya fenomenining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Mazkur maqolada o‘zbek oilalarida emotsional alienatsiyaning psixosotsial reprezentatsiyalari empirik tadqiqot natijalari asosida tahlil qilingan. Respondentlarning emotsional alienatsiya haqidagi ijtimoiy tasavvurlari, uning psixologik mazmuni, asosiy oqibatlari va uni kamaytirish usullari psixosemantik yondashuv asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari respondentlar emotsional alienatsiyani, avvalo, o‘zini keraksiz his qilish, emotsional yaqinlikning yo‘qolishi va psixologik iztirob bilan bog‘lashlarini ko‘rsatdi. Shuningdek, emotsional alienatsiyani kamaytirishda sport, san’at, rekreatsion faoliyat va oilaviy muloqot muhim psixologik resurs sifatida baholanishi aniqlandi. Olingan natijalar emotsional alienatsiyaning psixosotsial reprezentatsiyalarini tushuntirish, uning diagnostik indikatorlarini takomillashtirish hamda oilalarda emotsional yaqinlikni mustahkamlashga qaratilgan psixoprofilaktik va psixokorreksion dasturlarni ishlab chiqishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Загрузки

Опубликован

2026-07-17

Выпуск

Раздел

Образование и инновационные исследования