LOF JANRINING SEMIOTIK VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Xolbutayev G‘ayratbek Oybek o‘g‘li Qo‘qon universiteti Andijon filiali dotsenti Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent ORCID ID 0000-0001-5925-8071
Аннотация
Mazkur maqolada o‘zbek xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janrlaridan biri bo‘lgan loflarning semiotik, pragmatik hamda giperreal tabiati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda loflarning milliy koloritni ifodalashdagi o‘rni, giperbola va absurdning badiiy-estetik funksiyasi, dialogik raqobatning kommunikativ mexanizmlari hamda madaniy kodlarning semiotik mohiyati yoritilgan. Shuningdek, maqolada J.Bodriyyarning simulyakr va giperreallik nazariyasi, Yu.M.Lotmanning semiosfera konsepsiyasi hamda Umberto Eko semiotik qarashlari asosida lof janrining ko‘p qatlamli ma’no tizimi ochib beriladi. Tadqiqot natijasida lof janri oddiy yumor shakli emas, balki reallikni qayta kodlovchi va yangi giperreal badiiy makon yaratuvchi murakkab semiotik tizim ekanligi asoslanadi.