SO‘Z VA IBORALAR SEMANTIZATSIYASI JARAYONI: LUG‘AVIY BIRLIKLAR TAHLILI HAMDA KONTEKSTUAL MAʼNONI ANIQLASH USULLARI

Karimov Rustam Abdurasulovich Buxoro davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi dotsenti

Authors

  • Karimov Rustam Abdurasulovich

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek–ingliz parallel korpusida so‘z va iboralarni semantizatsiya qilish jarayoni, lug‘aviy birliklarning kontekstual ma’nosini aniqlash hamda tarjima ekvivalentligini belgilash masalalari tadqiq etiladi. Tadqiqotda komponent, distribusional, chastotali, kognitiv-semantik va kontekstual tahlil metodlaridan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan. Shuningdek, mikrokontekst va makrokontekst asosida ko‘p ma’noli so‘zlar, frazeologik birliklar, metaforalar va milliy-madaniy realiyalarning semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Parallel korpus ma’lumotlari asosida to‘liq, qisman va funksional ekvivalentlikni aniqlash hamda tarjima jarayonida semantik transformatsiyalarni belgilash mexanizmlari ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari korpusga asoslangan semantizatsiya o‘zbek–ingliz tarjimasida ma’no aniqligi va ekvivalentlikni oshirishda samarali metodologik vosita ekanini ko‘rsatadi.

Published

2026-09-01

Issue

Section

Education and innovative research