TASVIRIY SAN’AT MASHG‘ULOTLARIDA QALAMTASVIR VA RANGTASVIR VOSITALARI INTEGRATSIYASI ORQALI TALABALARDA KOMPOZITSION FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH

Asatullayeva Goʻzal Sirojiddin qizi Jizzax davlat pedagogika universiteti, Amaliy fanlar pedagogika oliy maktabi fakulteti, Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi 2 kurs talabasi

Авторы

  • Asatullayeva Goʻzal Sirojiddin qizi

Аннотация

Mazkur maqolada tasviriy san’at mashg‘ulotlari jarayonida qalamtasvir va rangtasvir vositalarini o‘zaro integratsiyalash asosida talabalarning kompozitsion fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalalari yoritilgan. Qalamtasvir tasvirning konstruktiv asoslarini aniqlash, shakl, nisbat, perspektiva va yorug‘-soya munosabatlarini anglashga xizmat qilsa, rangtasvir rang, tus, kolorit, kontrast va emotsional ifodani shakllantirish imkonini beradi. Ushbu ikki yo‘nalishning uyg‘un qo‘llanilishi talabada badiiy obrazni yaxlit ko‘rish, tasviriy vositalarni maqsadga muvofiq tanlash, fazoviy munosabatlarni anglash va mustaqil kompozitsion yechim yaratish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Maqolada eskiz, qoralama, ranglama, natyurmort va manzara asosida bajariladigan amaliy mashqlar orqali kompozitsion fikrlashni shakllantirishning metodik imkoniyatlari tahlil qilingan.

Загрузки

Опубликован

2026-09-29

Выпуск

Раздел

Образование и инновационные исследования