O‘QUV LUG‘ATLARIDAN FOYDALANISH ASOSIDA BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QIB TUSHUNISH KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHNING METODIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
Ergasheva Tuyg‘unoy Shavkatjon qizi, Buxoro davlat pedagogika instituti, Boshlang‘ich ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi, p.f.f.d.(PhD)
Аннотация
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish kompetensiyasini o‘quv lug‘atlaridan foydalanish asosida rivojlantirishning metodik mexanizmlarini takomillashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqotning dolzarbligi boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarning matnni shunchaki o‘qib chiqishi emas, balki undagi asosiy va ikkilamchi axborotni ajratishi, notanish so‘zlarning ma’nosini kontekst asosida anglay olishi, lug‘aviy birliklar o‘rtasidagi semantik munosabatlarni aniqlashi, matn mazmunini izohlashi va xulosa chiqarishi zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda o‘quv lug‘ati o‘qib tushunish jarayonining yordamchi vositasi emas, balki matnni anglash strategiyalarini shakllantiruvchi metodik vosita sifatida talqin qilinadi. O‘quv lug‘atlari bilan ishlashning motivatsion-maqsadli, semantik-analitik, kommunikativ-amaliy va refleksiv-baholash mexanizmlari asosida metodik model ishlab chiqildi. “Matn – notanish birlik – lug‘at – semantik tahlil – kontekst – savol/topshiriq – xulosa” algoritmi asosida mashqlar tizimi taklif etildi.