TA’LIM MUASSASALARI RAHBARLARINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI
Qo’chqarova Feruza Maxammadqosimovna p.f.b.f.d. (PhD), Andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi professori, Yusupova Feruza Murtazoxonovna Qo’qon universiteti Ta’lim muassasalarining boshqaruvi yo’nalishi magistranti
Ключевые слова:
ijtimoiy-pedagogik kompetentsiya, strategiya, malaka oshirish va kasbiy rivojlanish, mentorlik va murabbiylik tizimi, raqamli texnologiyalar va onlayn ta’limАннотация
Ushbu maqolada ta’lim muassasalari rahbarlarining ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyasini rivojlantirish bo‘yicha samarali strategiyalar ko‘rib chiqilgan. Bugungi kunda ta’lim tizimining global o‘zgarishlar va yangi pedagogik yondashuvlarga moslashishi uchun rahbarlarning ijtimoiy-pedagogik ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Ushbu kompetentsiyalar ta’lim jarayonini boshqarishda muvaffaqiyatga erishish, samarali jamoaviy muhit yaratish va o‘qituvchilarning kasbiy rivojlanishiga ko‘maklashishga xizmat qiladi. Maqolada, asosan, ta’lim rahbarlarining kommunikativ ko‘nikmalari, ijtimoiy muhitda integratsiya qilish qobiliyati, muammolarni hal etish va pedagogik jarayonni samarali boshqarishdagi muhim jihatlariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, kompetentsiyani rivojlantirishda o‘quv-seminarlar, malaka oshirish kurslari va zamonaviy texnologiyalardan foydalanish usullari tahlil qilinadi. Mualliflar, ijtimoiy-pedagogik kompetentsiyani shakllantirish uchun strategik yondashuv va tizimli ta’lim jarayonini takomillashtirish zarurligini ta’kidlaydi. Shu bilan birga, rahbarlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish va ta’lim sifatini yuksaltirish uchun innovatsion metodlar tavsiya etiladi.
Библиографические ссылки
Қораев, С. (2016). Фанлараро узвийлик ва узаро алоқани таъминлашнинг ўзига хос хусусиятлари. “Таълим, фан ва ннновация”, 2(2), 45- 50.
Qoraev, S. (2016). Specific features of interdisciplinary coherence and interoperability. “Education, Science and Innovation,” 2 (2), 45-50.