O‘ZBEK MILLIY RAQS, KUY VA KIYIM ELEMENTLARIGA ASOSLANGAN AEROBIKA MASHG‘ULOTLARINING AYOLLAR VA QIZLARNING PSIXOEMOTSIONAL HOLATIGA TA’SIRI

Sadriddinova Dilobar Husniddin qizi Buxoro davlat universiteti doktoranti

Авторы

  • Sadriddinova Dilobar Husniddin qizi

Аннотация

Ayollar va qizlarning psixoemotsional salomatligini mustahkamlashda jismoniy faollikning roli ilmiy jihatdan keng o‘rganilgan bo‘lsa-da, sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarni madaniy jihatdan moslashtirish masalasi yetarlicha tadqiq etilmagan. Mazkur tadqiqot o‘zbek milliy raqs, kuy va milliy kiyim elementlariga asoslangan aerobika mashg‘ulotlarining ayollar va qizlarning psixoemotsional holatiga ta’sirini aniqlashga qaratilgan. Tadqiqotda 382 nafar ayol va qiz ishtirok etib, ular tajriba (n = 190) va nazorat (n = 192) guruhlariga ajratildi. Tajriba guruhida 12 hafta davomida milliy raqs harakatlari, o‘zbek milliy kuylarining ritmik xususiyatlari hamda milliy sport kiyimlariga moslashtirilgan aerobika mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Psixoemotsional holat DASS-21 va POMS standartlashtirilgan testlari yordamida baholandi. Olingan natijalar milliy madaniyatga asoslangan aerobika mashg‘ulotlari stress va xavotir darajasini sezilarli kamaytirib, emotsional barqarorlik va ijobiy kayfiyatni oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari ayollar sog‘lig‘ini mustahkamlashda milliy-madaniy komponentlarga tayangan jismoniy faollik modellarining ilmiy va amaliy ahamiyatini asoslaydi.

Загрузки

Опубликован

2026-07-17

Выпуск

Раздел

Образование и инновационные исследования