SOHA YO‘NALISHLARI BO‘YICHA KOMPETENT VA RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHNING INNOVATSION TA’LIM METODIKASI
Zaylopova Maxfiratxon Mamirjonovna Farg‘ona tumani 4-son texnikumi direktori, mustaqil tadqiqotchi.
Аннотация
Maqolamda turli soha yo‘nalishlari bo‘yicha kompetent va raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda innovatsion ta’lim metodikasining ahamiyati yoritiladi. Ta’lim jarayonini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish hamda talabalarning kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalari va ishlab chiqarish subyektlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, malakaviy amaliyot samaradorligini oshirish, mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash hamda innovatsion yondashuvlar orqali ta’lim sifatini takomillashtirish yo‘llari asoslab beriladi. Tadqiqotimiz natijasida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, mutaxassislarning o‘zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitlariga moslashuvchanligini oshirish va ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini ta’minlashga
qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqishning dolzarbligi ko‘rsatib beriladi.