INTEGRATIV YONDASHUV ASOSIDA MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARDA TAYANCH KOMPETENSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH UCHUN TARBIYACHILARGA QO’YILADIGAN TALABLAR

Nasimova Nasiba Qurbon qizi Buxoro davlat universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha |ta’lim) 1- bosqich tayanch doktaranti n.q.nasimova@buxdu.uz

Авторы

  • Nasimova Nasiba Qurbon qizi TerDU

Ключевые слова:

integrativ, tayanch kompetensiya, bilim, ko‘nikma, malaka, qadriyat, tarbiyachi, konsepsiya, texnologiya

Аннотация

aqolada integrativ yondashuv orqali maktabgacha yoshidagi bolalarda tayanch kompetensiyalarini takomillashtirish uchun tarbiyachilarga qo’yiladigan talablar haqida yoritib berilgan. Har bir pedagog o‘z kasbini yaxshi mutaxassisi bo‘lsagina yosh avlodga so‘ngi texnologiyalardan foydalangan holda va bir qancha bolalarga tushuntirish oson bo‘lgan,bola ongiga tezroq singadigan,shu bilan bir qatorda bolalarni qiziqtiradigan metodlardan foydalanib tarbiyalanuvchilarga ta’lim va tarbiya bera oladi va mashg’ulotdan ko‘zlangan maqsadga to‘laqonli erisha oladi. Agar tarbiyachi lavozim yo‘riqnomasiga asosan barcha vazifalarini kasbini suygan holda bajarsa albatta yosh avlodni kelagi uchun asosiy tamal toshini qo‘ygan bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ishlaydigan har bir pedagog xodim ham albatta bolajon bo‘lishi shart va zarur. Chunki bu sohada bolalarni sevgan va bolalarga nisbatan mehribon bo‘lgan pedagog xodimgina ishlay oladi va jamiyatga kerakli shaxslarni yetishtirish uchun harakat qiladi. Buning uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilariga integrativ yondashuv asosida tayanch kompetensiyalarini takomillashtirishning yangicha usullarini zamon bilan hamnafas holda faoliyat olib borishi bu zamon talabidir. Kompetensiya- bolaning bolim,ko‘nikma,malaka va qadriyatlari majmuidir. Kompetentli bola o‘z bilim,ko‘nikma va malakalarini muayyan vaziyatda safarbar qilishi va qo‘llashi,o‘z maqsadiga erishishi va rivojlanishning har bir bosqichida yoshiga mos keladigan vazifalarni hal qilishi mumkin. Integratsiyalashuv printsipi zamonaviy ta’lim tizimini rivojlantirishda yetakchi tamoyil hisoblanmoqda. Integratsiyalashuv tamoyilning mohiyati shundan iboratki, maktabgacha yoshdagi bolalarga dunyoning yaxlit ko’rinishi haqida tasavvur beradigan sintetik, yaxlit bilim tizimini yaratish istagi xisoblanadi. Natijada ularda o‘zlikni anglash xissi rivojlanib ijtimoiylashish, muammoli vaziyatlarga yechim topish layoqati shakllanadi. Natijada jamiyat qonunlariga amal qilish asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi pedagoglarida faol fuqarolik kompetensiyasi shakllanadi.

Библиографические ссылки

A. Rajabova, M.B.Abduzaxidova, Q. SH. Begaliyev “Bo’lajak texnologiya fani o’qituvchilarini tayyorlashda ta’lim tizimi samaradorligi va kreativligini takomillashtirish”. Proceedings of International Conference on Educational

Discoveries and Humanities Open Access | Peer Reviewed | Conference Proceedings. Volume1, 1st October 2022

Толипов Ф.Қ., Усмонбоева М. Педагогик технологияларнинг татбиқий асослари. –Т.: Фан, 2006

Nasimova Nasiba Kurban kizi, Kasimova Manzura Abdullayevna. MIDDLE EUROPEAN SCIENTIFIC BULLETIN ISSN 2694-9970 https://cejsr. academicjournal.io/index.php/journal/article/view/1733

Загрузки

Опубликован

2024-04-19