BO‘LG‘USI PEDAGOGIKA FANI O‘QITUVCHILARDA SUGGESTIV QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHNING USTUVOR YO‘NALISHLARI
Shermatova Manzura Ikromjonovna “University of Business and Science” oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
Ключевые слова:
pedagoglar, bo‘lg‘usi pedagogika fani o‘qituvchilari, talabalar, suggestive qobiliyat, yo‘nalishlar, rivojlantirishАннотация
O‘qituvchilarni tayyorlash sohasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlarda ilgari surilgan o‘qituvchi kasbiy professiogrammalarining tahlili hamda jamiyatning o‘qituvchilik kasbiga qo‘yayotgan talablari asosida pedagogik oliy ta’lim muassasalari bitiruvchisining sifatlari ishlab chiqildi” . Zamonaviy pedagogikada o‘qituvchining suggestiv qobiliyatlarini rivojlanishi natijasi ta’lim sifatigagina emas, shaxsni tarbiyalashga ham qaratilganligidir. B.Raximov ilmiy tadqiqotda kasbiy madaniy munosabatlar tizimini yaratib, uni pedagogik amaliyotda qo‘llash mazmun mohiyatini asoslab bergan va quyidagi fikrlarni bildirgan: “Bugungi talabada, ayniqsa o‘qituvchida har ikkala munosabatning, ya’ni kasbiy-madaniy munosabatlarning uyg‘un va izchil bo‘lishi ijtimoiy hayotning ehtiyoji hisoblanadi” . Bo‘lajak o‘qituvchilarda ham mana shunday suggestivlik sifatlarni rivojlantirish ulardagi pedagogik faoliyatdagi muvafaqmiyatlarga zamin yaratadi.
Библиографические ссылки
Bozorova S. Oliy ta’limda kasbiy-yo‘naltirilgan o‘qitish texnologiyasi. Monografiya. Toshkent.: -B.70.
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o‘qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Ped.fan dok. Diss... aftoreferat. Toshket.: 2007. –B.132.
Raximov B.X. Bo‘lajak o‘qituvchida kasbiy-madaniy munosabatlarni shakllantirish tizimi. Toshkent.:Fan. 2005 –B.14.
Urakov Sh.R. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni tayyorlashning kompetent yondashuvga asoslangan pedagogik tizimini takomillashtirish. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori avtoreferati. –Samarqand.: SamDU. 2018. –B.11.
O‘zbekiston Respublikasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturi / Oliy ta’lim: me’yoriy xujjatlar to‘plami. –Toshkent. Sharq. 2001. 1-tom. –B.18-52.