BOSHLANG‘ICH SINF О‘QUVCHILARINI MUSTAQIL FIKRLASHGA О‘RGATISHDA MODULLI TA’LIM TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISH
Adizova Nigora Baxtiyorovna, Buxoro davlat pedagogika instituti dotsenti, Norqulova Dilorom, Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti
Ключевые слова:
Mustaqil fikrlash, ta’lim, modulli ta’lim, modulli ta’lim texnologiyasi, pedagogik texnologiya, didaktik o‘yin, motiv, maktab ta’limi, fikrlash jarayoni.Аннотация
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchining ta’lim-tarbiya jarayonini modulli ta’lim texnologiyalari asosida tashkil eta olishi o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatishda nihoyatda ahamiyatlidir. Bu boradagi ishlarni muvaffaqiyatli hal etish, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisidan, albatta, chuqur bilim, izlanish, fidoiylik hamda modulli ta’lim texnologiyasini qo‘llash mahoratiga ega bo‘lish kabi katta tajribani talab etadi. Zero, yosh avlodni, chuqur bilimli, mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasidadir. O‘zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llagan usul va vositalari, tadbir shakllari, o‘ziga xos urf-odatlari va an’analari, ta’lim-tarbiya haqidagi g‘oyalari va hayotiy tajribasi mavjud. Bu meros o‘tmishda ko‘plab alloma-yu donishmandlar yetishib chiqishiga asos bo‘lgan. Hozirgi kunda bu merosdan ijodiy foydalanish katta ahamiyatga egaligi to’g’risida fikr mulohazalar keltirilgan.