BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA MATN USTIDA ISHLASH METODIK MUAMMO SIFATIDA
Kuchkarova Shakarjon Azimboy qizi Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti
Ключевые слова:
nutq o‘stirish, matn ustida ishlash, og‘zaki va yozma nutq, muloqot, so‘z ma’nosi, nutq.Аннотация
Maqolada kishilik jamiyatining tarixiy taraqqiyoti eng sodda aloqalardan murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy munosabatlarga tomon o‘sib borish xususida fikr bayon etilgan. Agarda eng sodda aloqalar – ibtidoiy jamoa tuzumidagi urug‘ a’zolarining ko‘p holatlarda bir-birlariga oziq-ovqat manbai, yuzaga kelayotgan xavf, harakatlarni tashkil etish yo‘nalishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uzatishiga asoslangan bo‘lsa, murakkab, ko‘p qirrali ijtimoiy munosabatlar – ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolik majburiyatlarini bajarish (masalan, soliq to‘lash) jarayonida sub’ektlarning bir-birlari bilan kundalik hamda kasbiy faoliyatni tashkil etishda ko‘zga tashlanadi. Ijtimoiy munosabatlarning to‘g‘ri, oqilona tashkil etilishi, birinchidan, hal qilinayotgan masalaning ijobiy yechimga ega bo‘lishini, ikkinchidan, vaqtning tejalishini, uchinchidan, samimiy muloqot jarayonining yuzaga kelishini ta’minlaydi.
Библиографические ссылки
Aminova F. H. O‘quvchilarni muloqot matni yaratishga o‘rgatishning didaktik asoslari: Ped. fan. nomz. …dis. avtoref. – T.: O‘zPFITI. 2007. – 22 b.
Aslonova O.P. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tafakkur tezligini shakllantirishning pedagogik shart-sharoitlari: Ped. fanl. bo‘yicha falsafa doktori (PhD). ... diss. avtoref. – QarDU. 2020. – 49 b.
Asqarova M., Matchonov S., Qodirova F., G‘ulomova X., Boymatova A., Bozorova M., Muhamedova D. O‘zbek tili mashg‘ulotlarida nutq o‘stirish. – T.: TDPU, 2000. – 58 b.
Babaeva D.R. Nutq o‘stirish metodikasi (tevarak-atrofni o‘rganish misolida) – T.: Fan va texnologiya, 2009. – 128 b.
Bakieva X.S. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil ta’lim orqali nutq va tafakkurni rivojlantirish metodikasi: Ped. fanl. bo‘yicha falsafa doktori (PhD). ... diss. avtoref. – TDPU. 2019. – 47 b.
Bekniyazova N. Ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning boshlang‘ich sinflarida o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish: Ped. fan. nomz. ...diss. avtoref. – T.: 1998. – 22 b.
Bekniyazova N. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarga matn yaratishni o‘rgatish metodikasi (ta’lim o‘zbek va qoraqalpoq tillarida olib boriladigan maktablar misolida): Monografiya. – T.: Fan va texnologiyalar, 2012. – 160 b.
Ziyodova T. Matn yaratish texnologiyasi. – T.: Fan, 2007.– 144 b.
Ziyadova T.U. Ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish: Ped. fan. nomz. …dis. avtoref. – T.: TDPI. 1995.– 19 b.