TALABALARNI HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHDA INNOVATSION YONDASHUV
Safoyev Husen Aminovich, Buxoro Davlat Pedagogika instituti. Harbiy ta’lim fakulteti Maxsus tayyorgarlik sikli boshlig‘i, dotsent.
Ключевые слова:
ta’lim, aqliy rivojlanish, qiziqish, vatan, jarayon, faoliyat, shijoat, yuksak ma’naviyat, bilim, vatanparvarlik, komponent, qonuniyat, metod, onglilik, faollik, pedagog.Аннотация
Vatanparvarlik tarbiyasi o‘z xususiyatiga ko‘ra murakkab va ko‘p qirrali faoliyatdir. Jamiyatning eng muhim qadriyatlaridan biri sifatida u o‘z mazmuni tarkibida ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy-axloqiy, madaniy, tarixiy va boshqa xususiyatlarni qamrab oladi. Insonning o‘z vataniga yuksak emotsional-ruhiy munosabatining ifodasi bo‘lib, vatanparvarlik inson ma’naviy boyligining bir tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Haqiqiy vatanparvarlik har doim insonning ma’naviy, fuqarolik mas’uliyati va ijtimoiy faolligining uzviy birligi sifatida namoyon bo‘ladi va Vatan manfaatlari uchun inson faoliyatida harakatlantiruvchi kuch bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ma’naviy yetuk va jismonan sog‘lom barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, Qurolli Kuchlarda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda yoshlarni harbiy xizmatga qiziqtirish va faol ishtirokini ta’minlash bugungi kunning eng muhim dolzarb vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.
Библиографические ссылки
Mirziyoyev Sh.M, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti strategiyasi, - Toshkent: O‘zbekiston, 2022 y.
Mirziyoyev Sh.M. ―Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017 y. – 488 b.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7- fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.
A.I.Ibragimov, X.X.Sultonov. Vatan tuyg‘usi - T. 1996 y.
O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi, Respublika iste‘dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Ulug‘bek jamg‘armasi.
Yoshlarga donolar o‘giti. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2018.
file:///C:/Users/user/Downloads/+Pedagogika+Nazarov%20(5).pdf