HARBIY XIZMATGA SAFARBAR ETISHDA TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZISH MASALALARI (1991-2012-YILLAR)

Abdug‘aniyeva Gulira’no Alijon qizi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix instituti tayanch doktoranti

Авторы

  • Abdug‘aniyeva Gulira’no Alijon qizi TerDU

Ключевые слова:

harbiy xizmatga chaqiruv bo‘limi, Nazorat tibbiy chaqiruv komissiyasi, dispenser nazorati, bahorgi chaqiruv, kuzgi chaqiruv, yassi oyoqlik, varikoz, vazn yetishmasligi harbiy-tibbiyot fakulteti, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy tibbiyot akademiyasi.

Аннотация

Maqolada mustaqillikning dastlabki yillarida milliy armiya tarkibini harbiy xizmat qilishga layoqatli kadrlar bilan ta’minlashda yuzaga kelgan muammolar, ushbu masalalarni yuzaga keltirgan omillar va ularning mudofaa tizimiga ta’siri o‘rganilgan. Shu maqsadda ushbu muammolarni bartaraf etish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safini jismonan baquvvat va sog‘lom kadrlar bilan to‘ldirish hamda xizmat davomida sifatli va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan islohotlar, ularning amaliy natijalari tahlil etilgan. Mavzu manbalarni qiyosiy va tanqidiy tahlil etish hamda tizimlashtirish usullaridan foydalanilgan holda tadqiq etildi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivida saqlanayotgan hujjatlar yo‘nalishlar bo‘yicha tavsiflanib, O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan ma’lumotlar ilk bor ilmiy muomalaga kiritildi. O‘tgan o‘ttiz yillik davr mobaynida xizmatga chaqiriluvchilar va harbiy xizmatchilar salomatligini ta’minlash masalasida amalga oshirilgan ishlar xizmatga layoqatsiz o‘smirlarning armiya safiga yuborilishini kamayishiga, o‘smir- yoshlarni salomatligini doimo nazoratda tutish orqali Qurolli Kuchlar safini sog‘lom kadrlar bilan ta’minlashga, alohida harbiy tibbiyot fakulteti va akademiya tashkil etish, xorijdagi harbiy tibbiyot muassasalarida ta’lim olish orqali ushbu sohaga malakali mutaxassislarni jalb etishni ta’minlashga olib keldi.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi davlat arxivi (O‘zMVDA), 45-fond.

O‘zbekiston Milliy arxivi (O‘zMA), M–69 - fond.

https://lex.uz/ru/docs/-2029726

https://lex.uz/docs/-4127311?ONDATE=05.05.2021

https://lex.uz/docs/-5065188

Анварова Л.У. “Комплексная оценка состояния здоровья курсантов военных училищ и пути дальнейшего его улучшения”. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата медицинских наук.Ташкент. 2007.

Воронина Н.В. “Гигиеническое обоснование рационализации питания военнослужащих республики Узбекистан в мирное время”. Диссертация на соискание ученой степени доктора медицинских наук (DSc). Ташкент. 2019.

Загрузки

Опубликован

2025-02-28