TURKISTONDA JADIDCHILIK HARAKATINING SHAKLLANISHIDA USMONLI TURK SULTONLIGIDAGI ISLOHOTLARNING OʻRNI”
Rustamova Dilafroʻz Azamatovna Navoiy davlat universiteti 3-kurs doktoranti Navoiy viloyati Navoiy shahri “Nurli maskan” ixtisoslashtirilgan maktab-internati tarix fani oʻqituvchisi
Аннотация
Mazkur maqolada Turkistonda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vujudga kelgan jadidchilik harakatining shakllanishida Usmonli turk sultonligida amalga oshirilgan Tanzimot islohotlari va konstitutsiyaviy oʻzgarishlarning oʻrni tahlil qilinadi. Usmonli matbuoti, maorif tizimidagi yangilanishlar hamda “yosh turklar” harakati gʻoyalarining Turkiston maʼrifatparvarlariga taʼsir koʻrsatish yoʻllari — sayohatlar, matbuot aloqalari va taʼlim almashinuvi orqali — koʻrib chiqiladi. Mahmudxoʻja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov kabi jadid namoyandalarining Usmonli islohotlariga munosabati misolida gʻoyaviy taʼsir mexanizmlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari Turkiston jadidchiligining xalqaro-mintaqaviy kontekstini yanada toʻliqroq tushunishga xizmat qiladi.