CHET TILIDAN KASBIY KOMPETENSIYAGA: ESP TA’LIMINING INNOVATSION YONDASHUVLARI

Kadirxodjayeva Dilnoza Baxtiyor kizi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ingliz tili o’qituvchisi

Авторы

  • Kadirxodjayeva Dilnoza Baxtiyor kizi

Аннотация

Chet tilini kasbiy yo‘naltirilgan holda o‘qitish, xususan, ESP (English for Specific Purposes) ta’limining nazariy-metodik asoslari hamda innovatsion yondashuvlari maqolamda keng ravishda yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida talabalarning nafaqat lingvistik bilimlarini, balki kasbiy faoliyatda chet tilidan samarali foydalanish, real vaziyatlarda muloqotga kirishish va kasbiy kommunikativ kompetensiyani namoyon etish ko‘nikmalarini shakllantirish muhimligi
asoslanadi. Maqolamda kommunikativ va kompetensiyaviy yondashuvlar, raqamli ta’lim texnologiyalari, interaktiv metodlar, autentik materiallar, rolli o‘yinlar, loyiha metodlari hamda individual ta’lim yondashuvlarining ESP ta’limidagi imkoniyatlari tahlil qilinadi. ESP ta’limini zamonaviy pedagogik va raqamli vositalar bilan uyg‘unlashtirish talabalarning chet tilini real kasbiy muhitda qo‘llashga tayyorgarligini oshirishning muhim omili sifatida ko‘rib chiqiladi.

Загрузки

Опубликован

2026-10-27

Выпуск

Раздел

Образование и инновационные исследования