BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATN USTIDA ISHLASH ORQALI ADABIY TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Kuchkarova Shakarjon Azimboy qizi Urganch davlat universiteti tayanch doktoranti

Авторы

  • Kuchkarova Shakarjon Azimboy qizi TerDU

Ключевые слова:

tushuncha, matn, tayanch so‘z, badiiy adabiyot, nutq madaniyati, adabiy tahlil, gap.

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarda bolalikdan badiiy adabiyotga havas uyg‘otish, ularning obrazli tafakkurini o‘stirish, ko‘p jihatdan ta’lim tamoyillari va metodlarining to‘g‘ri qo‘llanilishiga bog‘liq ekanligi xususida fikr yuritilgan. Ilmiy asosda to‘g‘ri tanlangan metod o‘quvchi shaxsini rivojlantirish, aqliy faoliyatini faollashtirish va mustaqil ijodiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishda asosiy o‘rin egallaydi. O‘qish darslari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘rganiladigan badiiy asarlarni bir-biridan farqlash, yozuvchining hayotiy voqealarni qanday vositalar yordamida aks ettirgani, qanday adabiy qahramonlar yaratganini tushunish, asar qahramonlarining xatti-harakatiga o‘z munosabatini bildirish, ularni baholay olish va tegishli xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantiradi. O‘qituvchi adabiy tushunchalarni o‘rgatish jarayonida ifodali o‘qish, matnni yod olish, qayta hikoya qilish, savol-topshiriqlar ustida ishlash, ijodiy yozma ishlar yozdirish usullaridan foydalanadi.

Загрузки

Опубликован

2025-02-08